«aziya invest favorit» tegli maqolalar


14 marta sudlangan tadbirkor 2 mingdan ortiq fuqaroni chuv tushirdi. Hukumat muammoni qanday hal qilmoqchi?
7 avgust 2023, 11:51

14 marta sudlangan tadbirkor 2 mingdan ortiq fuqaroni chuv tushirdi. Hukumat muammoni qanday hal qilmoqchi?

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov “Aziya Invest Favorit” MCHJga pul to‘lab, uylarini ololmayotgan fuqarolar bilan uchrashdi. 14 marta sudlangan kompaniya rahbari Hayrulla Xatamov va uning oila a’zolariga tegishli 200 mlrd so‘mlik mulk xatlandi. Hukumat muammoni hal qilish yuzasidan o‘z taklifini bildirdi.

Komissiya aldangan hissadorlar muammosini hal etish yuzasidan bosh vazirga takliflar kiritdi
21 iyul 2023, 23:39

Komissiya aldangan hissadorlar muammosini hal etish yuzasidan bosh vazirga takliflar kiritdi

Toshkentdagi 1100 ga yaqin aldangan hissadorlar muammosini hal etish uchun tuzilgan hukumat komissiyasi bankka garovga qo‘yilgan kvartiralarni quruvchining boshqa mulklariga almashtirish, qurilishni boshqa quruvchilarni jalb etgan holda yakunlash yoki mulkni sotish orqali yetkazilgan zararni qoplashni taklif qilmoqda.

“Ortingizda prezident turibdi. Shuning uchun qo‘rqmanglar”. Bosh vazir — qurilish kompaniyasidan aldanganlarga
21 iyul 2023, 21:57

“Ortingizda prezident turibdi. Shuning uchun qo‘rqmanglar”. Bosh vazir — qurilish kompaniyasidan aldanganlarga

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Aziya Invest Favorit`dan kvartira sotib olgan fuqarolar bilan uchrashdi. U prezident tomonidan yuborilganini aytib, muammoni hal qilishga va’da berdi: “Ortingizda prezident turibdi, shuning uchun qo‘rqmanglar”. Uy qurilishini yakunlashga boshqa korxonalar jalb etiladi.

Toshkentda Aziya Invest Favorit qurilish kompaniyasi bilan bog‘liq muammo hukumat komissiyasi tomonidan o‘rganiladi
8 iyul 2023, 14:48

Toshkentda Aziya Invest Favorit qurilish kompaniyasi bilan bog‘liq muammo hukumat komissiyasi tomonidan o‘rganiladi

Bosh vazir o‘rinbosari Ochilbay Ramatov boshchiligidagi hukumat komissiyasi Aziya Invest Favorit`dan kvartira sotib olgan 1000 dan ortiq fuqarolar muammosini ko‘rib chiqadi. U qurilishni yakunlash, bankka garov uchun qo‘yilgan kvartiralarni quruvchining boshqa mulklariga almashtirish imkoniyatlari kabilarni o‘rganadi.

Aziya Invest Favorit ishi. 1000 kishi 300 mlrd so‘mni yo‘qotishi va uysiz qolishi mumkin
8 iyul 2023, 10:27

Aziya Invest Favorit ishi. 1000 kishi 300 mlrd so‘mni yo‘qotishi va uysiz qolishi mumkin

Bir guruh toshkentliklar 8 ta uy qurayotgan Aziya Invest Favorit ustidan prezidentga murojaat yo‘lladi. Unga ko‘ra, kompaniya kredit olish maqsadida sotilgan kvartiralarni garovga qo‘ygan, banklar esa kredit to‘lanmangani uchun uy-joylarni olib qo‘ygan. 1000 kishi ko‘rgan zarar 300 mlrd so‘mdan oshishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting